Asosiy mazmunga o‘tish
Instagram va Telegram do‘konlari uchun CRM

Sotuvchilaringiz sotadi, hisobni SotuvON yuritadi

Har sotuv Telegram botda 30 soniyada kiritiladi. Haq va bonus o‘zi hisoblanadi, qarz va ombor nazoratda – kunlik natija doim telefoningizda.

  • Karta kerak emas
  • Instagram parolingiz so‘ralmaydi

Tanish holatmi?

Instagram yoki Telegram'da 3–10 sotuvchi bilan ishlaydigan har bir rahbar shu savollarga duch keladi.

01

“Kim nechta sotdi – aniq bilmayman”

Sotuvlar Direct'da, daftarda va Excel'da tarqoq. Kun oxirida hisob to‘g‘ri kelmaydi.

SotuvON: Har sotuv botda 30 soniyada kiritiladi – kim nechta sotgani doim ko‘rinadi
02

“Sotuvchi haqini qo‘lda hisoblayman”

Har donaga haq, kunlik va haftalik bonus – har hafta bir soat hisob-kitob va tortishuv.

SotuvON: Haq va bonus o‘zi hisoblanadi, sotuvchi o‘z pulini botda ko‘radi
03

“Qarz va qoldiq unutilib ketadi”

Oldindan to‘lov olingan, qolgani yetkazganda – kim to‘lamay qolgani esdan chiqadi.

SotuvON: Har buyurtmada qoldiq, eski qarz va tugayotgan tovar haqida ogohlantirish

Sotuv va pul – nazoratda

Sotuvchilar botda kiritadi, siz qarz, ombor va foydani ko‘rasiz.

Sotuvchilar uchun

Sotuv – Telegram botdan, 30 soniyada

Sotuvchi saytga kirmaydi. Botda tovar, rang, soni, mijoz va to‘lovni tugmalar bilan tanlaydi – buyurtma CRM'ga o‘zi tushadi, sizga xabar keladi.

  • Instagram paroli hech kimga berilmaydi
  • Narx va ombor qoldig‘i avtomatik tekshiriladi
  • Sotuvchi o‘z sotuvlari va haqini botda ko‘radi
Qarzdorlik

Kim qancha qarz – ko‘rinib turadi

Oldindan to‘lov va qoldiq har buyurtmada; qarz necha kundan beri olinmagani ranglarda.

Ombor va foyda

Tovar yetadimi, qancha qoldi

Tugayotgan tovar haqida ogohlantirish va oy oxiridagi sof foyda – avtomatik.

Instagram · Telegram

Instagram va Telegram – bir joyda

Sahifa va kanal statistikasi, sotish bo‘yicha qo‘llanmalar – CRM ichida.

Instagram statistikasi

Biznes va Pro tariflarida

Instagram sahifangizni bir tugma bilan ulaysiz: obunachilar, qamrov, reaksiyalar va eng yaxshi postlar har kuni yangilanadi. Qamrov o‘sganda savdo ham o‘sdimi – SotuvON ikkalasini birga ko‘rsatadi.

Telegram kanal

Hamma tariflarda

Botni kanalingizga administrator qilib qo‘shasiz: obunachilar o‘sishi, postlar, reaksiyalar va Telegram'dan kelgan savdo bir sahifada.

Qo‘llanmalar

23 maqola

Instagram va Telegram qoidalari, maxfiylik va sotish bo‘yicha amaliy maqolalar – to‘rt tilda, CRM ichida, sizga ham, sotuvchilaringizga ham.

Qanday boshlaysiz – o‘zingiz tanlang

Ikkala yo‘lda ham 14 kun bepul sinov va bir xil imkoniyatlar.

O‘zim boshlayman

Ro‘yxatdan o‘ting – do‘koningiz shu zahoti ochiladi. 14 kun bepul, keyin tarif tanlaysiz.

  • 2 daqiqada tayyor
  • Qadam-baqadam qo‘llanma ichida
  • Savollarga Telegram'da javob beramiz
Ro‘yxatdan o‘tish

Biz tayyorlab beramiz

Ariza qoldiring – do‘koningizni SotuvON'da biz yaratamiz: tovarlar, sotuvchilar, haq qoidalari va bot sozlanadi, siz tayyor holda qabul qilasiz.

  • Tovar va narxlarni kiritamiz
  • Sotuvchilarni qo‘shib, haq va bonusni sozlaymiz
  • Login-parollarni topshirib, sotuvchilarni o‘rgatamiz
Ariza qoldirish
Start
449 000so‘m / oy 3 tagacha sotuvchi
Pro
999 000so‘m / oy Sotuvchilar soni cheklanmagan

Narxlar

Tariflar oyiga 449 000 so‘mdan. Hamma tariflarda 14 kun bepul sinov.

Bugundan boshlang

14 kun bepul. Sozlashni bizga topshirsangiz ham bo‘ladi.